1. Qanday ma'lumot yig'iladi
Tekshir.com quyidagi ma'lumotlarni vaqtincha qayta ishlaydi:
- Yuklangan hujjatlar (faqat tahlil vaqtida, saqlanmaydi)
- Chat xabarlari (faqat joriy sessiyada, saqlanmaydi)
- IP-manzil (faqat rate limiting uchun, soat o'tgach o'chadi)
- Eng ko'p so'raladigan savollar (anonim, statistika uchun)
2. Hujjatlar saqlanmaydi
Yuklangan PDF yoki rasm fayllar serverda saqlanmaydi. Tahlil tugashi bilan ma'lumotlar xotiradan o'chiriladi. Biz sizning shaxsiy hujjatlaringizni ko'rmayapmiz va saqlamayapmiz.
3. Uchinchi tomon xizmatlar
Platform quyidagi xizmatlardan foydalanadi:
- Azure OpenAI (Microsoft) — AI tahlil uchun. So'rovlar Microsoft serverlarida qayta ishlanadi.
- Supabase — qonun ma'lumotlar bazasi (faqat o'qish).
- Upstash Redis — rate limiting uchun IP manzilni soatlik saqlash.
- Vercel — hosting va analytics (anonim foydalanuvchi statistikasi).
4. Cookie va kuzatish
Tekshir.com marketing cookie ishlatmaydi. Faqat xizmat ishlashi uchun zarur texnik ma'lumotlar (Vercel anonim analytics) yig'iladi.
5. Huquqlaringiz
Biz shaxsiy ma'lumotlarni saqlamaganimiz uchun o'chirish so'rovi kerak emas. Savollar uchun: @tekshircom